English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Shri-Lankada ikki haftaga xususiy shaxslarga yoqilg‘i sotish ta’qiqlandi
12:21 / 2022-06-28

Shri-Lanka hukumati orolda yoqilg‘i mahsulotlari tanqisligi sharoitida 10 iyulgacha xususiy shaxslarga yoqilg‘i sotishni taqiqlab qo‘ydi.

Qarorga ko‘ra, faqat tibbiyot, politsiya va yong‘in o‘chiruvchi mashinalarga yoqilg‘i quyib olishga ruxsat etiladi.

Mamlakat Vazirlar Mahkamasining rasmiy vakili Bandula Gunavardane shu haqda bayonot berdi. "Vazirlar Mahkamasi faqat asosiy xizmat mashinalariga yoqilg‘i quyish haqida qaror qildi, ushbu tartib 10 iyulgacha amalda bo‘ladi", – dedi Gunavardane.

Uning ta’kidlashicha, mamlakatda yoqilg‘i inqirozi davom etmoqda, hukumat davlat va xususiy sektorlar xodimlaridan 10 iyulgacha uydan turib ishlashga ariza berishlarini so‘ragan.

Shri-Lanka respublikasi o‘z tarixidagi eng keskin yoqilg‘i tangligini boshdan kechirmoqda. Aprel oyida hukumat tashqi qarzlar bo‘yicha defolt e’lon qilgandi.

Ushbu orol davlatining tashqi qarzi hozirgi paytda 51 milliard dollarga baholanmoqda.