Shri-Lanka: Yangi vazirlik iqtisodiy tanglikga qarshi kurashadi
Shri-Lanka prezidenti Gotabaya Radjapaksa topshirig‘iga muvofiq, mamlakatda iqtisodiy tanglik oqibatlarini bartaraf qilish uchun Texnologiya va investitsiyalarni qo‘llab-quvvvatlash vazirligi tashkil etildi. Yangi muassasaga biznesmen Djammik Perera raxbarlik qilishi kutilmoqda.
Vazirlik milliy iqtisodiyotni rivojlantirish hamda ayni kundagi tanglikka qarshi kurashish maqsadida to‘g‘ridan-to‘g‘ri chet el va xususiy mahalliy kapital mablag‘larini ko‘paytirishga yordam beradi.
Shri-Lankadagi tanglik pandemiya sharoitida xalqaro turizmning qisqarishi natijasida yuzaga kelgan bo‘lib, valyuta zahirasi yetishmovchiligini keltirib chiqardi. Hukumat rahbarlari resurslarni iqtisod qilish va importni qisqartirishni joriy qilishga majbur bo‘ldi. Tashqi qarzdorlik va tanglikka qarshi kurashish 51 milliard dollarga teng Shri-Lanka qarzining ko‘payishiga to‘sqinlik qiladi.
The Indian Express materiallari asosida Gulrux Abdullayeva tayyorladi, O‘zA