French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Shri-Lanka tashqi ishlar vaziri bilan uchrashuv
21:18 / 2022-09-21

Nyu-York shahrida BMT Bosh Assambleyasining 77-sessiyasi doirasida mamlakatimiz tashqi ishlar vaziri Vladimir Norov Shri-Lanka Demokratik Sotsialistik Respublikasi tashqi ishlar vaziri Muhammad Ali Sabriy bilan uchrashdi.

Muzokara davomida o‘zaro hamkorlikning bugungi holati va rivojlanish istiqboli ko‘rib chiqildi. Savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy, madaniy-gumanitar aloqani kengaytirish bo‘yicha fikr almashildi.

Tomonlar BMT, SHHT va boshqa xalqaro institutlar doirasidagi muloqotni davom ettirishga tayyorligi qayd etildi.

Shri-Lanka tashqi siyosat idorasi rahbari O‘zbekiston tomonidan Markaziy va Janubiy Osiyo o‘rtasidagi siyosiy-diplomatik va savdo-iqtisodiy aloqani mustahkamlash borasida amalga oshirilayotgan sa’y-harakatni qo‘llab-quvvatlashini bildirdi.

Savdo, investitsiya, qishloq xo‘jaligi sohalarida, shuningdek sayyohlarni o‘zaro jalb qilish borasida hamkorlikni rivojlantirish, ikki mamlakat o‘rtasida shartnomaviy-huquqiy bazani mustahkamlash bo‘yicha kelishuvga erishildi.

O‘zA