Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Shri-Lanka Prezidenti saylovida uch nomzod ishtirok etadi
12:02 / 2022-07-19

Saylov chorshanba kuni parlamentda ovoz berish yo‘li bilan bo‘lib o‘tadi, deb ma’lum qilmoqda orolning Adaderana yangiliklar portali.

Davlat rahbarligiga hukumatni boshqarayotgan partiyalar koalitsiyasidan amaldagi bosh vazir, prezidentlik vazifasini vaqtinchalik bajarib turgan Ranil Vikremesingxe birinchi nomzod hisoblanadi. Shuningdek, asosiy muxolifat guruhdan hukumatni boshqarayotgan partiya deputati va avvalgi ma’muriyatda sobiq ommaviy kommunikatsiyalar vaziri bo‘lib ishlagan Dallas Alaxapperuma hamda muxolifatdagi marksist-leninchilarning “Xalq milliy hokimiyati” alyansi raisi Anur Kumar Dissanayake ham oliy lavozim uchun kurashga kirishgan, deb xabar bermoqda mazkur portal. 

2022 yil aprelda Shri-Lankada mamlakat tarixida eng og‘ir iqtisodiy tanglik bilan bog‘liq siyosiy inqiroz boshlangan edi. Natijada iyul oyida orolda ommaviy noroziliklar boshlanib ketdi. Namoyishchilar 9 iyul kuni Prezident va bosh vazirning qarorgohini egallab olishdi, 13 iyulda esa Prezident mamlakatni tark etishga majbur bo‘ldi hamda bir necha kundan keyin iste’fo berganini ma’lum qildi.