Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Shri-Lanka parlamentida Prezidentning rasman iste’foga chiqqani e’lon qilindi
12:06 / 2022-07-15

Shri-Lanka parlamenti spikeri Maxinda Yapa Abeivardena mamlakat Prezidenti Gotabaya Radjapaksaning iste’foga chiqqanini rasman tasdiqladi, deb xabar tarqatdi oroldagi Adaderana yangiliklar portali spikerning rasmiy bayonotiga tayanib.

"Gotabaya Radjapaksa 14 iyul kuni Shri-Lanka Prezidenti lovozimidan rasman ketdi", – deyiladi xabarda.  

O‘tgan haftada norozilikka chiqqan ko‘pmingkishilik namoyishchilar Prezident Gotabaya Radjapaksaning qarorgohini egallab olgandi.  Natijada Prezident iste’foga chiqishini e’lon qildi va mamlakatni tark etdi.  
 
Hozirda Shri-Lanka xalqi o‘z tarixidagi eng murakkab davrni boshdan kechirmoqda. Mamlakat chuqur iqtisodiy inqiroz iskanjasida qolgan. Koronavirus pandemiyasi mamlakat iqtisodiyoti uchun asosiy daromad manbai bo‘lgan turistik sohasini juda tang ahvolga solib qo‘ydi. Turizm inqirozi tufayli mamlakat xazinasiga xorijiy valyuta tushmay qo‘ydi. Orol ehtiyoji uchun ishlatiladigan yoqilg‘i yuz foiz import qilinadi, ya’ni xorijiy valyutaga sotib olinadi. Qolaversa, mamlakatda oziq-ovqat mahsulotlari, eng zarur kundalik ehtiyoj mollari, dori-darmonlar yetishmovchiligi ham kuzatilmoqda.   
 
Ayni damda orol mamlakatning tashqi qarzi 51 milliard dollarga baholanmoqda.