Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Shri-Lanka parlamenti prezidentga ishonchsizlik votumini muhokama qilmoqchi
14:01 / 2022-05-13

Shri-Lanka parlamenti 17 may kuni mamlakat prezidenti Gotabaye Radjapaksega ishonchsizlik votumini muhokama qiladi, deb ma’lum qildi parlament spikeri kanselyariyasi.

«Ishonchsizlik votumi 17 mayda bo‘lib o‘tadigan parlament majlisida maxsus ruxsat olingandan keyin muhokamaga qo‘yiladi. Bugun bo‘lib o‘tgan partiyalar rahbarlari kengashida shunday qaror qabul qilindi», – deb yozmoqda Daily Mirror gazetasi.

Shri-Lanka so‘nggi oylarda chuqur iqtisodiy inqirozni boshidan kechirmoqda. Buning natijasida mamlakatda siyosiy keskinlik kuchaydi.  9 may kuni «Shri-Lanka xalq fronti» hukmron partiyasi va unga muxolif bo‘lgan partiyalar tarafdorlari o‘rtasida to‘qnashuvlar boshlandi. Politsiya ma’lumotlariga ko‘ra, tartibsizliklar natijasida to‘qqiz kishi, jumladan, ikki politsiyachi halok bo‘lgan 240 kishi jarohat olgan.