Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Shri-Lanka hukumati defolt e’lon qildi
16:34 / 2022-04-13

The Times of India gazetasining yozishicha, Shri-Lanka hukumati defolt e’lon qilgan.

Orol davlatida jiddiy iqtisodiy inqiroz boshlangan, natijada oziq-ovqat, yoqilg‘i va boshqa kundalik zarur buyumlar yetishmasligi kuzatilmoqda. Xabarda aytilishicha, mamlakat tashqi qarzlar bo‘yicha to‘lovlarni amalga oshira olmayapti. 

«Shri-Lanka 1948 yil mustaqillikka erishgandan buyon to shu vaqtgacha tashqi qarzlarga to‘liq xizmat ko‘rsatib kelayotgan edi. Biroq COVID-19 pandemiyasi va Ukrainadagi voqealar Shri-Lankaning moliyaviy ahvolini o‘nglab bo‘lmas darajada izdan chiqarib yubordi. Natijada davlatning tashqi qarzlariga xizmat ko‘rsatishning imkoni bo‘lmay qoldi», – deyiladi xabarda.  

O‘tgan haftada Xalqaro valyuta jamg‘armasi Shri-Lankaning tashqi qarzlari miqdorini haddan ortiq ko‘payib ketganini ma’lum qilgandi. Xabarda ta’kidlanishicha, defolt 2022 yil 12 aprelgacha bo‘lgan barcha to‘lanmagan qarzlarga nisbatan e’lon qilingan.  
COVID-19 pandemiyasi orolning sayyohlik sektoriga o‘ta salbiy ta’sir ko‘rsatdi. Mamlakat asosiy xorijiy valyuta tushumlarini aynan ushbu sektor orqali topadi. Qolaversa, so‘nggi paytlarda chet ellarda ishlayotgan Shri-Lanka migrantlari jo‘natayotgan pul mablag‘lari miqdori ham keskin kamayib ketdi.