Shoxda yolgʻiz qolgan nokdek gʻaribman...
Toʻkilmoqqa kelib baxt axtaribman...
Shoxda yolgʻiz qolgan nokdek gʻaribman -
Toʻkilmoqqa kelib baxt axtaribman...
Sayr etgali keldim bu dunyosiga,
Bu olam meniki emas: sharifman.
Asrlar koʻzimga kul sochib oʻtdi,
Ojizman, yupunman, lekin zarifman.
Million kashfiyot va bunyod qildim,
Yuksalib, Oʻzimni loyga qoribman.
Bir kecha koʻngilga soʻzlagil dedim,
Anordek sachradi - bekor yoribman.
Yor kelar deyishdi tugʻilganimda -
Boladek emaklab oʻzim boribman.
Yor dedi: “Toʻningdan yor isi kelur”,
Horibman, horibman, juda horibman...
Na banda boʻloldim va yoki odam -
Siz kabi chalkashgan Shuhrat Orifman.
KARANTINDA
Derazadan hurkib qarayman, Fazodan boqqandek zaminga.
Qoʻl silkitib imlaydi bahor
Meni esa oyogʻim singan...
Derazadan hurkib qarayman, Lahzalarda oʻychan qiyofa.
Roʻmolini yechadi bahor —
Borliqda odamsiz ziyofat...
Derazadan hurkib qarayman, Achingandek boqar musicha.
Yori izsiz ketgan bevadek,
Bahor ketib borar oʻzicha...
Shuhrat ORIF