Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Shotlandiya poytaxtida o‘zi boshqariladigan avtobuslar yura boshlaydi
18:17 / 2023-04-10

Joriy yil 15 maydan boshlab Shotlandiyaning Edinburg shahrida beshta yo‘nalish bo‘yicha o‘zi boshqariladigan avtobuslar qatnovi yo‘lga qo‘yiladi.

“The Guardian” gazetasi yozishicha, endi haftasiga 10 mingga yaqin yo‘lovchi tashish imkoni paydo bo‘ladi. Avtobuslar 40 km masofaga 80 km/ soat tezlikda harakatlanadi.

Bunday mashinada, biri boshqaruvni kuzatish, ikkinchisi chipta tekshirish va zarur holda yo‘lovchiga yordam ko‘rsatish uchun, doimiy ravishda ikki nafar xodim bo‘ladi. Buyuk Britaniya hukumati ma’lum qilishiga ko‘ra, bu dunyodagi ilk shunday loyiha.

G.Abdullayeva, O‘zA