Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Shotlandiya milliy terma jamoasi
16:38 / 2026-03-10

Ayni vaqtda "tartanarmiyasi" FIFA reytingida 38-o‘rinni egallab turibdi.

Yozda AQSH, Meksika va Kanada yashil maydonlarida start oladigan futbol bo‘yicha Jahon chempionatining "C" guruhidan Braziliya, Marokash, Gaiti va Shotlandiya terma jamoalari joy olgan.  

Shotlandiya terma jamoasi tarixi  


Shotlandiya milliy terma jamoasi Angliya bilan bir qatorda eng qadimiy terma jamoalardan biri hisoblanadi. Ular o‘zlarining ilk uchrashuvini 1872-yilning 30-noyabrida o‘tkazgan.  Uchrashuvda hisob ochilmagan. Shotlandlar 1929-yildan buyon FIFAga a’zo hisoblanadi. Ular o‘zlarining eng yirik g‘alabasiga 1901-yilda erishgan. O‘shanda ular Irlandiya terma ustidan 11:0 hisobida tor-mor etgan edi.Eng yirik mag‘lubiyatini esa 1954-yilda Urugvaydan qabul qilib olgan 7:0. Ayni vaqtda "tartanarmiyasi" FIFA reytingida 38-o‘rinni egallab turibdi.

Jahon chempionatidagi ishtiroki

Shotlandiya terma jamoasi shu vaqtga qadar 8 marta Jahon chempionatlarida ishtirok etgan. Ilk bor 1954-yilda bo‘lib o‘tgan mundialda shotlandlar debyut qilgan. 1974-yildan boshlab ketma-ket 5ta Jahon chempionati Shotlandiya terma jamoasisiz o‘tmagan. So‘nggi ishtirok esa 1998-yildagi Fransiya mezbonlik qilgan mundialga to‘g‘ri keladi. Terma jamoa hech qachon Jahon chempionatida guruh bosqichidan buyog‘iga o‘ta olmagan. 1998-yildagi Jahon chempionatida ham Shotlandiya, Braziliya va Marokash terma jamoalari bir guruhdan joy olgan edi. O‘sha mundialda yevropaliklar 1 durang va 2 mag‘lubiyat qayd etib, guruhda so‘nggi pog‘onani band etgan.

Eng yaxshi futbolchilari

Shotlandiya milliy terma jamoasi safida eng ko‘p o‘yin o‘tkazgan futbolchi "Liverpul" klubi afsonasi Kenni Dalglish hisoblanadi. U o‘z yurti sharafini 102ta uchrashuvda himoya qilgan.

 Eng sermahsul futbolchi esa Denis Lov va Dalglish sanaladi. Har ikki afsona ham o‘z hisoblariga 30tadan gol yozdirib qo‘ygan. Ayni vaqtda terma jamoada Endryu Robertson, Jon MakGin, Ben Doak, Skott Maktominey, Kiran Tirney kabi yulduzlar to‘p tepadi.

Eslatib o‘tamiz, Shotlandiya Jahon chempionatining 1-turidagi uchrashuvini 14-iyun kuni Gaitiga qarshi o‘tkazadi. 2-turda 20-iyun sanasida Marokashga bilan bellashadi. So‘nggi turda esa 25-iyun kuni Braziliyaga qarshi maydonga tushadi.