Prezident Shavkat Mirziyoyev 15 oktyabr kuni Toshkent shahrining Yakkasaroy tumanida bo‘lib, Shota Rustaveli ko‘chasida amalga oshirilgan rekonstruksiya ishlarini ko‘zdan kechirgan edi.
Mazkur ko‘chadagi yangi yo‘l, poytaxtdagi eng yirik infratuzilma o‘zgarishiga aholining munosabati qanday? O‘zA ushbu savolni o‘rtaga tashlab, so‘rovnoma o‘tkazdi. Fuqarolar Shota Rustaveli ko‘chasida zamonaviy shaharsozlik va transport tizimiga mos yangi ko‘rinish yaratilganini aytyapti.
Toshkent shahar hokimligi poytaxtda avtobuslar uchun alohida ajratilgan yo‘laklar infratuzilmasini barpo etish bo‘yicha yangilangan rejalarini taqdim etgan. Unga ko‘ra, 10 ta ko‘chada BRT tizimi barpo etiladi, ularning uzunligi qariyb 51 kilometrni tashkil etadi.
Ushbu ko‘chalardan birinchisi Shota Rustaveli bo‘ldi. Qayd etish kerak, loyiha “Grand Mir” mehmonxonasi atrofidan to yangi Sergeli ko‘prigigacha bo‘lgan masofani qamrab oladi. Ushbu yo‘nalishda umumiy uzunligi 7 kilometr bo‘lgan Shota Rustaveli ko‘chasi tubdan yangilanib, zamonaviy talablarga javob beradigan ko‘p funksiyali magistralga aylantirildi.
Shuningdek, 21 ta yangi avtobus bekati, 486 dona yo‘l yoritish uskunasi, 870 ta yo‘l belgilari, 463 ta “aqlli” yo‘lchiroq o‘rnatildi. Hozircha shu yo‘nalishdagi bir nechta avtobuslar harakati tiklangan.
Videoni O‘zAning YouTube tarmog‘ida tomosha qilishingiz mumkin.
<iframe width="650" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/ImXTiQmnEFs" title="Shota Rustaveli ko‘chasidagi yangilik. Aholi orasidagi so‘rovnoma" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>Marhabo Hojiakbarova, Behruz Xudoyberdiyev,
Nosirjon Haydarov (surat), Ulug‘bek To‘xtayev (video), O‘zA