Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Shota Arveladze ertaga Alvaro Negredoni zararsizlantira oladimi?
17:06 / 2019-02-18

Xabaringiz bor, ertaga mamlakatimiz vitse-chempioni “Paxtakor” klubi Osiyo Chempionlar ligasi guruh bosqichi yoʻllanmasi uchun BAAning “An-Nasr” jamoasiga qarshi Dubayda maydonga tushadi.


Xabaringiz bor, ertaga mamlakatimiz vitse-chempioni “Paxtakor” klubi Osiyo Chempionlar ligasi guruh bosqichi yoʻllanmasi uchun BAAning “An-Nasr” jamoasiga qarshi Dubayda maydonga tushadi.

Ushbu uchrashuv oldidan oʻtkazilgan matbuot anjumanida “Paxtakor” bosh murabbiyi Shota Arveladze hamda jamoa sardori Yegor Krimes ishtirok etdi. Bu haqda “Paxtakor” klubi matbuot xizmati xabar berdi.

- Bizni oldinda atigi bir oʻyindan iborat qiyin bahs kutib turganini yaxshi bilamiz, - deb soʻz boshladi “sherlar” ustozi Shota Arveladze. – Guruh bosqichiga yoʻllanma olishimiz uchun tigʻiz taqvimda oʻynash va yaxshi futbol koʻrsatish talab etiladi. Raqib jamoa oʻyinlarini kuzatdik va ularning kuchli jihatlarini oʻrgandik. Bu jamoani hurmat qilamiz, ammo maydonga gʻalaba uchun tushamiz.

- Albatta, uchrashuvda Negredoga qarshi hushyor oʻynashga harakat qilamiz. Xalqaro tajribamizdan foydalanishga urinamiz. Bunday musobaqada oʻynaganingda hamisha muvaffaqiyat sari intilish lozim. Ertaga esa bir oʻyindan iborat toʻqnashuvda buni uddalashga urinib koʻramiz.

- Bu jamoa ilgari Oʻzbekiston klublariga qarshi oʻynagan, ammo ular bir necha yil oldin boʻlib oʻtgan. Oldimizdagi uchrashuvda buning ahamiyati yoʻq. Ertaga zafar quchish lozim boʻlgan odatiy oʻyinni oʻtkazamiz. Unda aynan qanday toʻp tepishimiz, oʻyinning borishi koʻp jihatdan raqibga ham bogʻliq. Imkoni boricha “An-Nasr”ning kuchsiz taraflaridan foydalanishga intilamiz.

photo5429537720067271188.jpg

Shuningdek, Yegor Krimes ham oʻyinoldi fikrlari bilan oʻrtoqlashgan.

- Bu oʻyinga jiddiy tayyorgarlik koʻrdik. Oʻtgan haftada Iroqning “Eyr Fors” klubini magʻlub etgandik. Guruh bosqichiga yoʻllanma olish uchun ertangi uchrashuvda ham gʻolib chiqishimiz talab etiladi. Oldimizga gʻalaba qozonish vazifasi qoʻyilgan.

- BAA klublari va terma jamoalari bilan xalqaro maydonlarda koʻp marta toʻqnash kelganmiz. Shu sababli ularning uslubidan xabardormiz. Raqibning oʻyinlarini kuzatdik. Ularning kuchsiz va kuchli taraflarini oʻrgandik. Ertaga bizni qiziqarli oʻyin kutib turibdi deb oʻylayman, – dedi Krimes oʻyin borasida toʻxtalib.

Eslatib oʻtamiz, “Paxtakor” jamoasining “An-Nasr” ga qarshi oʻyini ertaga Toshkent vaqti bilan soat 20:00da boshlanadi.