Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Shostakovichning yettinchi simfoniyasi urush paytida ijro etilgan
17:05 / 2025-09-23

Ikkinchi jahon urushidagi g‘alabaning 80 yilligi munosabati bilan Rossiya va Belarus shaharlari bo‘ylab o‘tkazilayotgan “G‘alaba yo‘llari” xalqaro media turida qatnashayotgan MDH mamlakatlari axborot agentliklari jurnalistlari Sankt-Petrburg shahridagi “Leningrad qamalidan o‘tish" muzey-qo‘riqxonasi hamda “Leningrad qamali va mudofaasi” davlat muzeylarida bo‘ldi.

Ushbu muassasalarda 1941 yil 8 sentyabrdan 1944 yil 27 yanvargacha davom etgan 900 kunlik Leningrad qamali bilan bog‘liq hujjat va buyumlar, harbiy texnika va qurol-aslahalar joylashtirilgan.
Jumladan, “Leningrad qamali va mudofaasi” muzeyida 1942 yil 8 avgustda shahar filarmoniyasi katta zalida kompozitor Dmitriy Shostakovichning yettinchi simfoniyasi ijro etilishi haqidagi afishani ko‘rish mumkin. 

– Dirijyor Karl Eliasber boshchiligidagi 80 kishilik orkestr qariyb ikki soat mazkur simfoniyani ijro qiladi, - deydi muzey xodimi Denis Mastrideyev. – Konsert davomida hech kim zalni tark etaydi, tugaganidan keyin ham uzoq vaqt kompozitor va orkestrni olqishlashadi. Umuman, shahar qamal holatida, oziq-ovqat ta’minoti va boshqa xizmatlar og‘ir bo‘lsa-da aholi ruhini ko‘tarish maqsadila shahardagi barcha teatrlarda spektakl va konsertlar namoyish etilgan. Agar bu paytda gitlerchi qo‘shinlar shaharga samolyotlar orqali bomba tashlagan paytda artist va tomoshabinlar maxsus joylarga yashirinib turgan. Bizning muzeyimizni tashkil etish harakati ham, albatta, qamaldan so‘ng, lekin aynan urush paytidayoq boshlangan.

Piskaryov yodgorlik majmuasi bo‘lim boshlig‘i Anna Zegrebnovaning qayd etishicha, Leningrad qamali paytida shaharda bo‘lganlardan biri bombardimon sababli “Uch mushketyor” spektalini sakkiz marta ham oxirigacha ko‘ra olmaganini aytgan. 

Muzeydagi yana bir kundalik e’tiborni tortadi. Tanya ismli qiz o‘z kundaligida yaqinlari va qo‘shnilarining qachon vafot etganini yozib boradi. U otasi, aka va opasi ham bedarak yo‘qolganini yozib, ular vafot etgan bo‘lsa kerak, deydi. Lekin qamaldan so‘ng akasi va opasi topiladi.
Muzeylardagi hech bir ashyo yoki ma’lumotni shunchaki tomosha qilib bo‘lmaydi. Ularning har biri urush davridagi murakkab hayot, fojeali taqdirlar, jasorat va vatanparvarlik, mardlik va qahramonlik orqali buyuk g‘alabaga erishilganini ifoda etadi.

[gallery-25414]

Rossiya Federatsiyasi axborot agentligi – TASS tashabbusi bilan o‘tkazilayotgan xalqaro media tur Rossiyaning yana bir qahramon shahri Volgogradda davom etadi.

G‘olib Hasanov, Nosirjon Haydarov(surat), O‘zA

Rossiya Federatsiyasi Sankt-Peterburg shahri.