Google kompaniyasi 2025 yil sentyabr oyi uchun Android tizimiga shoshilinch xavfsizlik yangilanishi chiqarganini e’lon qildi. Bu yangilanish 84 ta zaiflikni bartaraf etadi, ularning ikkitasi ayni damda xakerlar tomonidan faol ekspluatatsiya qilinmoqda.
Asosiy zaifliklar:
CVE-2025-38352 – "Nolinchi kun" (Zero-day) zaifligi:
Android yadrosida joylashgan.
Foydalanuvchining huquqlarini oshirish imkonini beradi (root kirish huquqi olish xavfi).
Dastlab 2025 yil iyulida Linux tizimlariga qarshi hujumlarda aniqlangan.
Endilikda Android tizimida ham faol ekspluatatsiya qilinayotgani tasdiqlangan.
CVE-2025-48543 – Android Runtime komponentida:
Hujumchiga tizimda kengroq kirish huquqlarini qo‘lga kiritishga imkon beradi.Hozirgi paytda ham bu zaiflikdan foydalanilayotganiga dalillar mavjud.
Qaysi qurilmalar xavf ostida?
Android 13 dan Android 16 gacha bo‘lgan barcha qurilmalar ayni damda xavf ostida. Android 12 va undan oldingi versiyalar ham ba’zi zaifliklardan ta’sirlanmoqda.
Google tavsiyasi: Foydalanuvchilar xavfsizlik yangilanishlarini imkon qadar tezroq o‘rnatishlari kerak.
Qanday qurilmalardan foydalanish tavsiya etilmaydi?
Android 12 va undan eski versiyadagi qurilmalar, ayniqsa yangilanishlarni ololmaydigan modellardan foydalanish tavsiya etilmaydi.
Google bunday qurilmalardan foydalanishni to‘xtatishni maslahat bermoqda, chunki ular ruxsatsiz kirish va zararli hujumlarga juda zaif bo‘lib qolmoqda.
Nima qilish kerak?
Sozlamalar ➡️ Tizim ➡️ Tizim yangilanishlari bo‘limidan telefoningizda yangilanish mavjudligini tekshiring.
Yangilanish mavjud bo‘lsa, iloji boricha tezroq o‘rnating.
Agar siz Android 12 yoki undan eski versiyali qurilmadan foydalanayotgan bo‘lsangiz, yangi modelga o‘tishni ko‘rib chiqing.
Noma’lum manbalardan ilova o‘rnatmaslik va Google Play Protect funksiyasini yoqib qo‘yish tavsiya etiladi.
<iframe width="560" height="315" src="https://www.youtube.com/embed/gCHxhNfVV-8?si=OICeHHXA6nJZH2s3" title="YouTube video player" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>Madinabonu Nasriyeva, Ulug‘bek To‘xtayev, O‘zA