Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Shoshilinch axborot: Gidrometeorologiya xizmati markazi18-20 aprel kunlari O‘zbekiston bo‘ylab kuchli yomg‘ir va shamol bo‘lishidan ogohlantirmoqda
14:49 / 2022-04-15

O‘zbekiston Respublikasi Gidrometeorologiya xizmati markazidan ma’lum qilinishicha, joriy yilning 18-20 aprel kunlari O‘zbekiston hududiga Turkmaniston orqali Erondan nam havo, so‘ngra Volgabo‘yi hududidan nisbatan salqin havo massasi kirib keladi.

18-20 aprelda O‘zbekiston hududi bo‘yicha ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin, jumladan:

19 aprelda Qashqadaryo, Surxondaryo viloyatlarida ba’zi joylarda kuchli yomg‘ir yog‘adi;

19-20 aprelda Samarqand, Jizzax viloyatlarida ba’zi joylarda kuchli yomg‘ir yog‘adi;

20 aprelda Toshkent, Sirdaryo viloyatlarida ba’zi joylarda kuchli yomg‘ir yog‘adi;

19-20 aprelda respublikaning ayrim joylarida do‘l yog‘ishi mumkin.

18-20 aprelda respublika bo‘yicha ba’zi joylarda shamol 17-22 m/s gacha kuchayishi kutilmoqda. 18 aprelda ba’zi joylarda chang-to‘zon bo‘lishi kuzatiladi.

19-20 aprelda kunduzgi havo harorati 18-23 daraja iliqgacha pasayadi.

O‘zA