Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Shoshilinch axborot: Gidrometeorologiya xizmati markazi 27-29 may kunlari kuchli yomg‘ir yog‘ishidan ogohlantirmoqda
19:44 / 2022-05-25

O‘zbekiston Respublikasi Gidrometeorologiya xizmati markazidan ma’lum qilinishicha, joriy yilning 26 may kuni O‘zbekistonning shimoliy, 27-28 may kunlari respublikaning barcha hududlariga Kavkazdan nam va nisbatan salqin havo kirib keladi.

27-28 mayda respublika hududi bo‘yicha, 29 may kuni tog‘oldi va tog‘li hududlarda vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Toshkent, Samarqand, Jizzax, Qashqadaryo, Surxondaryo viloyatlari va Farg‘ona vodiysi viloyatlarining tog‘oldi va tog‘li hududlarida 27-28 may kunlari ba’zi joylarda kuchli yomg‘ir yog‘ishi mumkin.

26 may Qoraqalpog‘istonda, Xorazm, Buxoro, Navoiy, Qashqadaryo viloyatlarida, cho‘l hududlarida va janubda, 27-29 mayda respublika bo‘yicha ba’zi joylarda shamol tezligi 18-23 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang to‘zonlari kuzatilishi kutilmoqda.

27 may O‘zbekistonning shimolida va cho‘l hududlarida, 28 mayda hududlarning katta qismida kunduz havo harorati 21-26 daraja iliqgacha pasayadi.

O‘zA