Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Shoshilinch axborot: Gidrometeorologiya xizmati markazi 10-16 mart kunlari yurtimizda momaqaldiroq, kuchli yomg‘ir va shamol bo‘lishini ma’lum qildi
19:41 / 2022-03-10

O‘zbekiston Respublikasi Gidrometeorologiya xizmati markazidan ma’lum qilinishicha, joriy yilning 10-16 mart kunlari O‘zbekiston Respublikasi hududiga Erondan iliq va nam havo, so‘ngra Kavkaz hududlaridan nisbatan salqin havo massasi kirib kelishi kutilmoqda.

11-16 martda respublika hududining katta qismida vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin.

11 martda Buxoro, Navoiy, Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo, Qashqadaryo, Surxondaryo viloyatlarida ba’zi joylarda kuchli yomg‘ir yog‘adi.

12 martda Buxoro, Navoiy, Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo, Qashqadaryo, Surxondaryo, Andijon, Namangan, Farg‘ona viloyatlarida ba’zi joylarda kuchli yomg‘ir yog‘adi.

13 martda Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo, Qashqadaryo, Surxondaryo, Andijon, Namangan, Farg‘ona viloyatlarida ba’zi joylarda kuchli yomg‘ir yog‘adi.

14 martda Navoiy, Samarqand, Jizzax viloyatlarida ba’zi joylarda kuchli yomg‘ir yog‘adi.

15-16 martda Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo, Qashqadaryo, Surxondaryo, Andijon, Namangan, Farg‘ona viloyatlarida ba’zi joylarda kuchli yomg‘ir yog‘adi.

Respublikaning tog‘li hududlarida yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor), vaqti-vaqti bilan kuchli bo‘ladi.

10-16 martda respublikaning ayrim joylarida shamol kuchayishi kutilmoqda, jumladan:

10 mart va 13-16 martda Qoraqalpog‘iston Respublikasida, Xorazm viloyatida 17-22 m/s gacha;

11-12 mart va 15-16 martda Buxoro, Navoiy, Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo, Qashqadaryo, Surxondaryo viloyatlarida 17-22 m/s gacha, momaqaldiroq paytida 25-28 m/s gacha kuchayishi mumkin.

O‘zA