Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Shoshilinch axborot: Gidrometeorologiya xizmati markazi 10-14 iyun kunlari tog‘li tumanlarda yomg‘ir va sel kelish xavfidan ogohlantirmoqda
15:37 / 2022-06-09

O‘zbekiston Respublikasi Gidrometeorologiya xizmati markazidan ma’lum qilinishicha, joriy yilning 10-11 iyun kunlari respublikamizning ayrim joylarida shamolning tezligi chang bo‘ronlari bilan birga sekundiga 17-22 metrgacha kuchayishi mumkin.

10-14 iyun kunlari respublikamizning tog‘oldi va tog‘li tumanlarida  vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi, ba’zi joylarda do‘l yog‘ishi mumkin.

Shu sababli tog‘oldi va tog‘li  tumanlarda:

Qashqadaryo viloyatining Yakkabog‘, Dehqonobod, Chiroqchi, Kitob, Shahrisabz, Qamashi, G‘uzor tumanlarida;

Surxondaryo viloyatining Sariosiyo, Uzun, Oltinsoy, Denov, Boysun, Sherobod, Sho‘rchi, Qumqo‘rg‘on, Muzrabot tumanlarida;

Samarqand viloyatining Urgut, Samarqand, Bulung‘ur, Nurobod, Qo‘shrabot, Kattaqo‘rg‘on, Payariq, Jomboy, Ishtixon tumanlarida;

Navoiy viloyatining  Xatirchi, Navbahor, Nurota, Konimex, Karmana tumanlarida;

Jizzax viloyatining Zomin, Baxmal, G‘allaorol, Sharof Rashidov, Forish, Yangiobod tumanlarida;

Toshkent viloyatining Ohangaron, Bo‘stonliq, Parkent, Pskent, O‘rta Chirchiq, Yuqori Chirchiq tumanlari va Angren, Olmaliq shaharlarida;

Namangan viloyatining Pop, Kosonsoy, Chortoq, Chust, Namangan, Yangiqo‘rg‘on tumanlarida;

Farg‘ona viloyatining So‘x, Shohimardon, Farg‘ona,  Beshariq tumanlarida;

Andijon viloyatining Andijon, Asaka, Jalaquduq, Qo‘rg‘ontepa, Paxtaobod, Izboskan, Xo‘jaobod, Marhamat tumanlari va Xonobod shaharlarida  sel kelishi xavfi bor.

Tog‘oldi va tog‘li hududlarda yashovchi fuqarolar, dam oluvchilar va  tog‘li tumanlarga ketayotgan haydovchilardan ehtiyot choralarini ko‘rishlari so‘raladi.

O‘zA

--0--