Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
“Sho‘rtan” muhim o‘yinda g‘alaba qozondi
12:41 / 2025-11-01

Futbol bo‘yicha O‘zbekiston Superligasi 27-tur uchrashuvlari o‘tkazilmoqda. Ushbu tur doirasida “Sho‘rtan” o‘z maydonida OKMK klubini qabul qildi.

Mazkur uchrashuvda dastlab OKMK vakili Xurshid G‘iyosov 39-daqiqada hisobni ochgan bo‘lsa, mezbonlar a’zosi Po‘latxo‘ja Xoldorxonov hisobni tenglashtirdi. Shuningdek, 57-daqiqada P.Xoldorxonov 11 metrlik jarima to‘pini aniq bajargan holda hisobni 2:1 ko‘rinishiga olib keldi. Ushbu vaziyatdan 13 daqiqa o‘tib, Abubakrrizo Turdialiyev “Sho‘rtan” jamoasining 3 golini kiritdi.

Ikkinchi bo‘limning 84-daqiqasida Ali Abdurahmonov va 90+2-daqiqada Naoki Senaga hisobni tenglashtirdi. Biroq, Jasur Hakimov 90+9-daqiqada “Sho‘rtan” klubining to‘rtinchi goligi mualliflik qildi va bahs 4:3 hisobida yakunlandi.  

Shu tariqa, “Sho‘rtan” ochkolarini 15 taga yetkazib oldi va hamon liga jadvalining so‘nggi pog‘onasida bormoqda. OKMK esa 41 ochko bilan 6-o‘rinda qoldi.

Bugun, 1 noyabr kuni Superliganing 27-turi doirasida “Andijon” – “Buxoro” uchrashuvi 17:00 da start oladi.

Javohir Toshxo‘jayev,

O‘zA