French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Short-trek: yosh sportchimiz Xitoyda sovrindor bo‘ldi
15:28 / 2025-12-09

Xitoy Xalq Respublikasi ichki Mo‘g‘uliston muzofotining Xux-xoto shahrida short-trek sport turi bo‘yicha o‘tkazilgan xalqaro musobaqada o‘zbekistonlik yosh sportchi sovrindorlar qatoridan joy oldi.

Janubiy Koreya, Vetnam, Mo‘g‘uliston, Hindiston, Rossiya va Xitoyning turli hududlaridan 440 nafarga yaqin yosh iqtidorlar ishtirok etgan murosasiz bahslarda turli yo‘nalishda g‘olib va sovrindorlar aniqlandi.

O‘zbekistonlik yosh short-trek ustasi Alimardon Mahmudov 15 yoshgacha bo‘lgan sportchilar o‘rtasidagi bahslarda bronza medaliga sazovor bo‘ldi. Oltin va kumush medallar xitoylik sportchilarga nasib etdi.

T.Ro‘ziyev, O‘zA