FOTOREPORTAJ
Farg‘ona viloyati O‘zbekiston tumanida joylashgan Sho‘rsuv shaharchasi qir-adirlari nafaqat tabiatning hayratlanarli shakllari, balki suv oqimlari va yog‘ochli hududlari bilan ham tabiat muxlislarini o‘ziga jalb etadi. Ayniqsa, baland qirlar va ularning o‘ziga xos tosh arxitekturasi sayyohlar hamda tabiatshunoslar e’tiborini tortadi.
Qirlar orasidan oqib tushayotgan suv oqimlari, ular atrofidagi yashil va sariq gullar tabiatning mo‘’jizaviy uyg‘unligini yaqqol namoyon etadi. Bu manzaralar hududning betakror tabiiy qiyofasini yanada jozibador qiladi.
[gallery-27571]
Sho‘rsuv qir-adirlari tabiat va inson o‘rtasidagi uyg‘unlikni his etish, shu bilan birga tarbiyaviy va estetik qiymatlarni anglash imkonini ham beradi.
Muqimjon QODIROV (surat), O‘zA