English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Sho‘rchidagi yong‘in bartaraf etildi
15:17 / 2025-08-13

Surxondaryo viloyatining Sho‘rchi tumanidagi avtomobillarga suyultirilgan gaz quyish shoxobchasida yong‘in sodir bo‘ldi.

Viloyat favqulodda vaziyatlar boshqarmasidan olingan ma’lumotlarga ko‘ra, bugun soat 12:58 da Sho‘rchi tumanidagi Oqqo‘rg‘on mahallasi Jarqishloq qishlog‘i hududida joylashgan avtomobillarga suyultirilgan gaz quyish shoxobchasi hududida yoqilg‘i tashuvchi avtotsisternadan yoqilg‘i saqlash rezervuariga yoqilg‘i to‘kish vaqtida texnologik jarayon buzilishi natijasida chaqnash ro‘y berib, yong‘in kelib chiqqan.  

Hodisa joyiga 8 ta yong‘in-qutqaruv ekipaj soat 13:07 da yetib borib, soat 13:08 da yong‘in qurshab olingan, Soat 13:16 da o‘chirilgan.

Ayni paytda chaqnash sababi va zarari aniqlanmoqda.

Xolmo‘min Mamatrayimov, O‘zA muxbiri