Surxondaryo viloyatining Sho‘rchi tumanida Zulfiya nomidagi Davlat mukofotiga talabgorlar uchun saralash bosqichi bo‘lib o‘tdi.
Tanlovda mukofotga da’vogar o‘n to‘rt yoshga to‘lgan va o‘ttiz yoshdan oshmagan iqtidorli nomzodlar adabiyot, san’at, fan, ta’lim, madaniyat, axborot texnologiyasi, sport va jamoatchilik yo‘nalishlarida o‘z iste’dod va mahoratini namoyish etdi. Ularning ijodiy ishlari, siyosiy-ijtimoiy bilimlari, urf-odatlar, milliy qadriyatlarni bilishi, ko‘rik-tanlovlardagi ishtiroki, iste’dodini bir necha yo‘nalishda ko‘rsata olish qobiliyati munosib baholandi.



Nufuzli komissiya a’zolari ijtimoiy faolligi, iste’dodi, a’lo xulqi, noyob iste’dodi, zukkoligi, tashabbuskorligi, o‘qish va mehnat faoliyatidagi muvaffaqiyatlari bilan barchaga o‘rnak bo‘layotgan sakkiz nafar nomzodni tanlovning viloyat bosqichida qatnashishga tavsiya etdi.
Xolmo‘min Mamatrayimov, O‘zA muxbiri