Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Sho‘rchida kooperatsiya usulida banan yetishtiriladi
10:38 / 2025-07-20

Surxondaryo viloyatining Sho‘rchi tumanidagi Obodon mahallasida olti gektar yer maydoni tanlanib, kooperatsiya usulida banan yetishtirish loyihasi amalga oshirilmoqda.

Sho‘rchilik izlanuvchan tomorqa yer egalari hududning mo‘’tadil iqlim va tuproq sharoitidan oqilona foydalanib, shu paytgacha vohada yetishtirilmagan banan va boshqa sitrus mevalarni parvarishlab, yaxshi daromad olmoqda. Tumanda serhosil banan yetishtirish ham tomorqalarda sinovdan o‘tkazilib, yiliga uch martagacha hosil yig‘ib olindi.

Qiymati 8,3 milliard so‘mlik kooperatsiya usulida banan yetishtirish loyihasi asosida yiliga 550 tonnagacha import o‘rnini bosadigan meva olish mo‘ljallanmoqda. Issiqxonada yuz kishining bandligi ta’minlanadi.  

Xolmo‘min Mamatrayimov,

O‘zA muxbiri