Spanish
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
“Shon-sharaf” muzeyini shakllantirishda arxiv hujjatlaridan keng foydalaniladi
12:35 / 2020-04-29

Respublika arxivlarida saqlanayotgan 1941-1945-yillarga oid xalqimizning Ikkinchi jahon urushi gʻalabasiga qoʻshgan hissasi aks etgan arxiv hujjatlarini aniqlash ishlari davom etayotir.


Respublika arxivlarida saqlanayotgan 1941-1945-yillarga oid xalqimizning Ikkinchi jahon urushi gʻalabasiga qoʻshgan hissasi aks etgan arxiv hujjatlarini aniqlash ishlari davom etayotir.

Bu hujjatlarni Toshkent shahrida yangi tashkil etilayotgan “Gʻalaba bogʻi” ekspozitsiyalari asosi sifatida qayta ishlab, keng ommaga havola etish koʻzda tutilgan.

Darhaqiqat, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Ikkinchi jahon urushida qozonilgan Gʻalabaning 75 yilligini munosib nishonlash toʻgʻrisida”gi qarori ijrosini taʼminlash maqsadida Mudofaa vazirligi va “Oʻzarxiv” agentligi hamkorligida mana shu kabi xayrli ishlar amalga oshirilmoqda. Oʻzbekiston Milliy arxivi masʼullari jonbozligida “Gʻalaba bogʻi” hududida qurilayotgan “Shon-sharaf” muzeyini shakllantirishda arxiv hujjatlaridan keng foydalanishga alohida eʼtibor qaratilmoqda.

“Oʻzarxiv“ agentligi axborot xizmati