Shomurodov Rossiya terma jamoasi safiga qo‘shiladimi?
Futbol bo‘yicha Rossiya terma jamoasi bosh murabbiyi Valeriy Karpin jurnalistlarga bergan intervyusida terma jamoa safida ko‘rishni istayotgan bir qator futbolchilarning nomini keltirib o‘tgan va o‘z navbatida, O‘zbekiston terma jamoasi a’zosi Eldor Shomurodovning ismini alohida aytgan.
- Rossiya terma jamoasi safida Shomurodov, Zaynutdinov va Yeremenkodek futbolchilar bo‘lishini hamma murabbiylar xohlaydi. Biroq xohish-istaklar vaqtga to‘g‘ri kelmaydi, - deya ta’kidlagan Karpin.
Karpinning matbuot anjumanidagi o‘ziga xos “bayonoti”dan keyin futbol bo‘yicha Qozog‘iston terma jamoasi murabbiylar shtabi bugunning o‘zidayoq “Baxtiyor Zaynutdinov 2022 yilgi jahon chempionati bahslarida ishtirok etishi uchun Qozog‘iston terma jamoasiga jalb qilingan”ligini e’lon qildi.
T. RO‘ZIEV.