Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Shols Ukraina mojarosi qachon tugashi haqida fikr bildirdi
13:58 / 2023-01-26

GFR kansleri Olaf Sholsning ta’kidlashicha, Germaniyada ishlab chiqarilgan Leopard 2 tanklari yuqori samarali, shu bilan birga, mojaro yaqin orada tugamasligiga tayyor turish kerak.

"Ular juda samarali, shu bois juda foydali bo‘ladi", – degan Shols  ZDF telekanali efirida Leopard 2 tanklari Ukraina mojarosining taqdiriga ta’sir ko‘rsata oladi, deb berilgan savolga javob bera turib.  

Shu bilan birga, kanslerning ta’kidlashicha, taassufki, masalaga mojaro yaqin orada tugamasligi nuqtai nazardan yondashish kerak. Biroq, uning aytishicha, Rossiya tomoni G‘arbning Kiyevni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha sa’y-harakatlari susayishidan umid qilmasligi kerak.  

Shols  NATOning mojaroda to‘g‘ridan-to‘g‘ri ishtirokchi bo‘lishiga qarshi ekanini bildirgan. Uning aytishicha, alyans askarlari Ukrainaga jo‘natilmaydi. "Bu mutlaqo ayon. Men ushbu mojaro Rossiya bilan NATO o‘rtasidagi urushga aylanmasligi uchun qo‘limdan kelgan barcha ishni qilaman", – deya ta’kidlagan Olaf Shols.