Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Shols Ukraina Bosh vaziri bilan uchrashdi
15:57 / 2022-09-05

Germaniya kansleri Olaf Shols va Ukraina Bosh vaziri Denis Shmigal Berlinda uchrashib, Ukrainadagi harbiy, gumanitar va iqtisodiy vaziyatni muhokama qildi, deyiladi Germaniya hukumati matbuot xizmati tarqatgan xabarda.

Qayd etilishicha, kansler Ukrainaga hurmatini bildirgan va Germaniya Kiyevni nafaqat harbiy, balki siyosiy, shuningdek, moliyaviy va gumanitar sohada ham qo‘llab-quvvatlashini ta’kidlagan. 

Kanslerning so‘zlariga ko‘ra, Ukrainani tiklashni rejalashtirish muhim. Germaniya “katta yettilik”ka rahbarlik qilmoqda. Yevrokomissiya raisi Ursula fon der Lyayen bilan birga 25 oktyabrda mamlakatni qayta  tiklash masalasini muhokama qilish uchun Berlinda ekspertlar konferensiyasini o‘tkazish niyatini bildirilgan.

Bundan tashqari Shols Ukrainaning Yevropa Ittifoqi a’zoligiga nomzod maqomini hisobga olgan holda, islohot jarayonida Bosh vazirni qo‘llab-quvvatlashga, mamlakatga xorijiy sarmoya kiritish uchun ko‘maklashishga tayyorligini ma’lum qildi.
 

O‘zA