Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Sholichilikda innovatsion ilmiy yondashuv — zamon talabi
16:49 / 2025-11-05

Poytaxtimizda Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar markazi hamda Koreya Respublikasining O‘zbekistondagi “KOPIA” markazi bilan hamkorlikda “Sholichilikda innovatsion ilmiy yondashuv — zamon talabi” mavzusida tadbir bo‘lib o‘tdi. Unda sohada amalga oshirilayotgan qo‘shma loyihalarning 2025 yilgi yakuniy hisoboti tinglandi.

Tor doirada o‘tkazilgan taqdimotda Koreya Respublikasining O‘zbekistondagi “KOPIA” markazi direktori Kim Jaye Hyun Milliy markaz rahbariyati oldida Sholichilik ilmiy-tadqiqot instituti bilan hamkorlikda amalga oshirilgan ikki tomonlama ilmiy loyihalar natijalari, yangicha agrotexnologiyalarni joriy etish va sholi yetishtirish samaradorligini oshirish bo‘yicha erishilgan yutuqlar haqida ma’lumot berdi.

Loyiha doirasida joriy yilda Sholichilik ilmiy-tadqiqot institutiga umumiy qiymati 236 000 dollar bo‘lgan 15 turdagi zamonaviy texnikalar taqdim qilingani, respublikaning 7 ta viloyatida 630 gektar maydonga sholining "lazurniy" va "iskandar" navlarining super elita urug‘liklari ekilib, 3900 tonna elita urug‘lik yetishtirilganini qayd etdi. Yetishtirilgan yuqori avlodli urug‘lik kelgusida sholikorlar uchun serhosil va ishonchli urug‘lik bo‘lishi ta’kidlandi.

Shundan so‘ng, Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar markazi direktori Shodmon Namozov samarali hamkorlik uchun minnatdorlik bildirib, Koreya Respublikasining O‘zbekistondagi "KOPIA" markazi direktori Kim Jaye Hyunga Qishloq xo‘jaligi vazirining ikki davlat o‘rtasida agrar sohani rivojlantirishdagi sa’y-harakatlari uchun e’lon qilingan tashakkurnomasini topshirdi.

Shundan so‘ng, loyiha doirasida mamlakatimizning turli hududlarida o‘tkazilgan tadqiqotlar natijalari tadqiqot mualliflari tomonidan keng doirada taqdimot qilindi.  

Ishtirokchilar taqdimot yuzasidan fikr-mulohazalarini bildirib, o‘zlarini qiziqtirgan savollarga batafsil javob oldi.  

Gulnoza Boboyeva, O‘zA