Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Sholi yetishtiruvchilar davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlanadi
15:24 / 2025-02-17

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi “Sholi yetishtiruvchilarni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlashning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida” qaror qabul qildi.

Unga muvofiq: 

2025-2026 yillarda Xorazm viloyatidagi sholi yetishtiruvchi qishloq xo‘jaligi sub’ektlariga lazerli qurilmaga ega yer tekislagich agregat bilan yer tekislash xarajatlari uchun subsidiya ajratish tartibi to‘g‘risidagi vaqtinchalik nizom:

sholi yetishtiruvchi qishloq xo‘jaligi sub’ektlariga lazerli qurilmaga ega yer tekislagich agregat bilan yer tekislash xarajatlari uchun subsidiya ajratish bo‘yicha talab etiladigan hujjatlar, ularni ko‘rib chiqish hamda subsidiya ajratish to‘g‘risida qaror qabul qilish; 

sholi yetishtiruvchilarga lazerli qurilmaga ega yer tekislagich agregat bilan yer tekislash xarajatlari uchun subsidiya ajratish tartibi; 

2025-2026 yillarda xarid qilingan zamonaviy sholi urug‘ini ekish seyalkalari va ko‘chatlab ekish uskunalari qiymatining bir qismini qoplab berish tartibi to‘g‘risidagi vaqtinchalik nizom tasdiqlandi. 

Qarorga ko‘ra, Xorazm viloyatidagi sholi yetishtiruvchilarga lazerli qurilmaga ega yer tekislagich agregat bilan tekislangan har bir gektar ekin maydoniga sarflangan yonilg‘i-moylash materiallari xarajatlarining 100 foizini, biroq 1 mln so‘mdan ortiq bo‘lmagan qismini qoplab berish uchun;

2025-2026 yillarda ishlab chiqaruvchidan xarid qilingan va xarid qilinganligiga bir yildan oshmagan, mahalliy ishlab chiqarilgan yoki import qilingan zamonaviy sholi urug‘ini ekish seyalkalari hamda ko‘chatlab ekish uskunalari qiymatining 20 foizini qoplab berish uchun O‘zbekiston Respublikasi Davlat byudjetidan subsidiyalar ajratiladi.

O‘zA