English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Sholi yetishtirishda xalqaro hamkorlik kengaymoqda
16:49 / 2025-12-09

Mamlakatimizda sholi yetishtirishda innovatsion texnologiyalarni joriy etish, xorijiy davlatlar bilan ilmiy natijalar almashinuvi va kadrlar malakasini oshirishda samarali ishlar amalga oshirilmoqda.

Sholichilik ilmiy-tadqiqot institutiga xalqaro hamkorlikni mustahkamlash maqsadida Qozog‘iston Respublikasidan delegatsiya tashrif buyurdi.

Delegatsiyaga Qozog‘iston Fanlar akademiyasi akademigi S.Umrzoqov va Qozog‘iston sholichilik ilmiy-tadqiqot instituti direktori o‘rinbosari J. Baymanov boshchilik qildi.

So‘nggi yillarda ikki mamlakatning qishloq xo‘jaligi va ilm-fan sohalarida erishilgan yutuqlar, ayniqsa, sholichilikda hosildorlikni oshirish, kasalliklarga chidamli navlar yaratish va suv tejovchi texnologiyalarni qo‘llash borasidagi tajribalar muhokama qilindi.

Shuningdek, mehmonlar institut laboratoriyalari faoliyati, moddiy-texnik bazasi, zamonaviy tadqiqot usullari bilan yaqindan tanishdi. Ular, ayniqsa, seleksiya, genetika, urug‘chilik va agrotexnika laboratoriyalaridagi ilmiy jarayonlarga katta qiziqish bildirdi.

Sholichilik ilmiy-tadqiqot instituti direktori Abdullo Mansurov qozog‘istonlik hamkasblariga O‘zbekiston sholichiligining joriy holati, yaratilgan yangi navlar va ularning afzalliklari haqida batafsil ma’lumot berdi.

Muzokaralar yakunida o‘zaro anglashuv memorandumi imzolash bo‘yicha kelishuvga erishildi.

M.HOJIAKBAROVA, O‘zA