Sholi maydonlarida ketma-ket yongʻin sodir boʻldi
2020-yil 23-aprel kuni tunda Nukus tumani hududida katta yongʻin boʻlganligi toʻgʻrisida foto va videotasvirlar ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan edi.
2020-yil 23-aprel kuni tunda Nukus tumani hududida katta yongʻin boʻlganligi toʻgʻrisida foto va videotasvirlar ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan edi.
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar boshqarmasining maʼlumot berishicha, 23-aprel kuni soat 00:25 da “101“ga Nukus tumani “Samanbay“ OFY hududidagi “Nokis Baliq“ MCHJga tegishli boʻlgan sholi ekish yer maydonida yongʻin kelib chiqqanligi toʻgʻrisida xabar kelib tushgan.
Dastlabki maʼlumotlarga koʻra, yongʻin maydoni 2 gektarni tashkil qiladi. Yongʻin boʻlgan yerga eng yaqin Yongʻin-qutqarish boʻlinmasi 16 kilometr masofada joylashgan. Yongʻinni bartaraf qilish uchun Qoraqalpogʻiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar boshqarmasidan 7 ta yongʻin oʻchirish ekipaji ishtirok etgan va yongʻin toʻla qurshovga olinib, yongʻin toʻla bartaraf qilingan.
Yongʻinning kelib chiqishiga ikki nafar fuqaroning sholi maydonidagi oʻt-choʻplarni yoqib, qarovsiz qoldirishi sabab boʻlgan.
Keltirilgan moddiy ziyon Qoraqalpogʻiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi tomonidan aniqlanmoqda.
Xuddi shunday yongʻin holati 16-aprel kuni ham Nukus tumani hududidagi oʻrmon xoʻjaligida sodir boʻlgan edi. Unda ham fuqarolar sholi maydonidagi choʻplarni yoqqan va qarovsiz qoldirgan edi.
Ikkala holat boʻyicha ham aybdorlar javobgarlikka tortilgan.
“Yongʻin xavfsizligiga rioya qilmaslik natijasida yongʻin kelib chiqsa va bundan fuqaroning mol-mulkiga ziyon yetsa ham bu holat javobgarlikdan ozod qilmaydi. Fuqarolarga eng kam ish haqining 3 barobaridan 5 barobarigacha, lavozimli shaxslarga esa 7 barobaridan 10 barobarigacha jarima solishga sabab boʻladi, deyiladi Qoraqalpogʻiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi axborotida.
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofvaza qilish davlat qoʻmitasi axborot xizmati olib borilayotgan targʻibot-tashviqot tadbirlariga qaramay, oʻsimlik qoldiqlari va shox-shabbalarni ochiq alanga oldirib yoqayotgan holatlar hanuzgacha uchramoqda.
Kegeyli tuman inspeksiyasi tomonidan oʻtkazilgan reyd tadbiri natijasida Kegeyli tumani “Juzimbagʻ” OFY fuqarosi N.A tomonidan Abbaz-Qыpshaq fermer xoʻjaligiga qarashli boʻlgan yerda, shuningdek Taxtakoʻpir tuman inspeksiyasi tomonidan oʻtkazilgan reyd tabdiri natijasida Taxtakoʻpir tumani “Marjan koʻl” OFY fuqarosi I.Ye tomonidan oʻsimlik qoldiqlari va shox-shabbalarni ochiq alanga oldirib yoqayotganligi aniqlangan. Ushbu holatlar yuzasidan ular Oʻzbekiston Respublikasi Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi Kodeksning 88-moddasi 3-boʻlimi bilan javobgarlikka tortilgan.