Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Sholi ko‘chatlab ekilganda 1 gektardan 4-5 ming kub metr suv tejab qolinadi
15:38 / 2021-02-11

Qoraqalpog‘istonda joriy yilda 44 ming gektar maydonga sholi ekish mo‘ljallangan bo‘lib, shuning 20 foiz maydonida ko‘chatlab ekish yo‘lga qo‘yilmoqda.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi bo‘lim boshlig‘i Ravil Bekniyazovning ma’lumot berishicha, mazkur tadbir Prezidentimizning joriy yil 2 февралдаgi “Sholi yetishtirishni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi қарори ijrosi doirasida amalga oshirilmoqda.

Sholini ko‘chatlab ekish texnologiyasi Janubiy-sharqiy Osiyo davlatlarida minglab yillar avvalgi davrlardan buyon qo‘llanib kelinadi. Masalan, hozirda Indoneziyada sholi 90 foiz, Birmada 80 foiz, Hindistonda 75-80 foiz, Xitoy bilan Yaponiyada 100 foiz ko‘chatlab ekiladi.  

Ko‘chatlab ekish sholining vegetatsion davrini qisqartiradi va suv sarfini tejaydi.  

Masalan, urug‘dan ekiladigan sholi 55-60 kunда yetiladigan bo‘lsa, ko‘chatlab ekishda 25-30 kun yetarli bo‘ladi. Urug‘ pitomniklarda erta mavsumda ekiladi va u yerda har xil zararkunandalardan himoyalangan bo‘ladi, har qanday o‘simliklar kasalligiga chidamli bo‘lib yetiladi. Umuman, ko‘chatlab ekiladigan sholiga barcha o‘g‘itlar beriladi.

Shuningdek, sholini urug‘dan oddiy ekishda 1 gektar yer maydonga 22-22,5 ming kub suv sarf qilinadigan bo‘lsa, ko‘chatlab ekishda esa 17-17,5 ming atrofida bo‘ladi. Demak, 1 gektarда 4-5 ming kub metr suv tejab qolinadi.

Sholi an’anaviy usulda ekilganda unumdorlik 21-25 foiz atrofida bo‘lsa, ko‘chatlab ekishda bu ko‘rsatkich 85 foizни tashkil qiladi, ko‘chatlarni o‘tqazgandan keyin chiqin 10-15 foizдан oshmaydi.

O‘zbekiston Respublikasi Президентининг yuqoridagi qarori bilan 2021 yil 31 декабрига qadar sholini ko‘chatlab ekuvchi uskunalar va zamonaviy ekish seyalkalarini sotib oluvchilarga uskunalarning 20 foiz puli davlat tomonidan to‘lab berilishi nazarda tutilgan. Shuningdek, 2022 yilda jami sholi ekiladigan maydonning 40 foizида ko‘chatlab ekish amalga oshirilishi belgilangan.

 

Ye.Qanoatov, O‘zA