English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Shoira xotirasiga bag‘ishlandi
14:16 / 2023-05-30

O‘zbekiston xalq shoirasi Oydin Hojiyevani xotirlash maqsadida shogirdlari hamda poytaxtda yashab ijod qilayotgan bir guruh ijodkorlar Navoiy viloyatida keldi.

Mehmonlar dastlab Qiziltepa tumani Bo‘ston qo‘rg‘onida shoiraning bolaligi o‘tgan xonadonda bo‘ldi. Bu yerda shoiraning bolalik davri, ijodiy faoliyati yodga olindi. Mehmonlar mahallada joylashgan olim va muhaddis Boyazid Bastomiy qadamjosini ziyorat qildi.  

–Ustoz menga “Oq yo‘l” tilagan, – deydi shoir, “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ Boshqaruv raisi maslahatchisi Orif To‘xtash. – O‘shanda she’rlarimni “Saodat” jurnaliga yuborgan edim. She’rlarimga so‘z boshi yozgan ustoz bilan keyinchalik poytaxtda bir necha bor yuzma-yuz uchrashish, suhbatlashish baxtiga muyassar bo‘ldim. U kishining yosh ijodkorlarga onalar kabi mehribonligi ko‘z o‘ngimdan ketmaydi. Bergan maslahatlari esa hali-hanuz qulog‘im ostida jaranglaydi. So‘z, shoirning kitobxon oldidagi mas’uliyati haqida aytgan gaplari yosh ijodkorlar uchun hozirga qadar mayoq vazifasini bajarib kelmoqda.  

[gallery-12112]

Xotira tadbiri Navoiy shahridagi “Oqsaroy” tantanalar uyida davom etdi. Bu yerda Oydin Hojiyeva xotirasiga qur’on tilovat qilinib, osh tortildi. O‘zbek adabiyoti ravnaqi yo‘lidagi fidokorona mehnati, ayollarning jamiyat hayotidagi faolligini oshirishga qo‘shgan hissasi to‘g‘risida tayyorlangan videorolik namoyishi yig‘ilganlarda katta taassurot qoldirdi.  

<iframe width="640" height="360" src="https://www.youtube.com/embed/YyEGMLYpOt8" title="Шоира хотирасига бағишланди" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" allowfullscreen></iframe>

Ma’lumot uchun, Oydin Hojiyeva o‘zbek adabiyotida o‘chmas iz qoldirgan ijodkorlardan biri. Uning o‘nlab she’riy kitoblari she’riyat ixlosmandlari kitob javonidan joy egallagan. U adabiy jarayonlarni yangi bosqichga ko‘tarish, yosh iste’dod egalari, ayniqsa, ijodkor qizlarni tarbiyalash borasida ulkan ishlarni amalga oshirgan. 1942 yil 22 aprelda Navoiy viloyati Qiziltepa tumani Bo‘ston qishlog‘ida tug‘ilib o‘sgan shoira o‘rta maktabni tugatgach, Toshkent davlat universiteti (hozirgi O‘zbekiston Milliy universiteti)ning filologiya fakultetida tahsil oldi. Respublikamizning ko‘zga ko‘ringan nashrlarida adabiy xodimlikdan bosh muharrirlikkacha bo‘lgan sharafli yo‘lni bosib o‘tgan.  O.Hojiyeva 2023 yil 13 may kuni 81 yoshida olamdan o‘tdi.  

A.Bo‘riyev,  

S.Aslonov (surat+video), O‘zA