Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Shoira Muhabbat Safoning “Quyoshga yo‘l” kitobi taqdimoti o‘tkazildi
11:18 / 2024-11-08

FOTOREPORTAJ

Urganch davlat universiteti Madaniyat saroyida O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Xorazm viloyati bo‘limi hamkorligida taniqli jurnalist, shoira Muhabbat Safoyevaning “Quyoshga yo‘l” kitobi taqdimoti bo‘lib o‘tdi.

[gallery-20248]

Marosimda O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi hamda Jurnalistlar uyushmasi a’zolari, Filologiya va san’at fakulteti professor-o‘qituvchilari va talaba-yoshlari ishtirok etdi.

Tadbirda yozuvchi va jurnalistlar, adabiyotshunos olimlar so‘zga chiqib, kitobning mazmun-mohiyati, shoiraning she’r va hikoyalari tahlili, ijodkor uslubining o‘ziga xosligi haqida atroflicha so‘z yuritdi. Asarning yutuqlari e’tirof etildi. Ahamiyatlisi, bugungi taqdimotda mazkur kitobning ham turk tilida, ham o‘zbek tilidagi nashri kitobxonlar e’tiboriga havola etildi.  

Tadbir ijodiy suhbat tarzida davom etdi.  

Behzodbek SAIDOV(surat),O‘zA