Shoira Ishoqova: Suitsidga yetaklovchi omillar va ularning oqibatlari (+video)
Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan xabar ko‘pchilikni larzaga soldi. Farg‘ona viloyatida yashovchi 20 yashar kelin o‘z joniga qasd qilgan. Sabab esa oilaviy kelishmovchiliklar va o‘zaro janjallar. Joniga qasd qilish holatlari bilan bog‘liq voqealar biroz avvalroq Andijon viloyatining Oltinko‘l tumani va Xorazm viloyatining Qo‘shko‘pir tumanlarida ham kuzatilgan edi. Vaziyat qurboni bo‘layotganlarning aksariyati esa yoshlar.
Yoshlarimiz muammoni hal qilishning yoki undan qutilishning oxirgi chorasi sifatida nima uchun o‘z joniga qasd qilish deb bilishmoqda. Ularning bunday ayanchli qaror qabul qilishlikka nima undamoqda? Muammoning asl sabablari nimada, bunday fojiali holatlarning oldini olish uchun nimalar qilishimiz kerak? Biz mavzuni yoritish uchun ko‘p yillardan buyon insonlarning o‘z joniga qasd qilish muammolarini o‘rganayotgan psixolog Shoira Ishoqova bilan suhbatlashdik.
<iframe width="650" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/4O-WlMh7ons" title="psixolog Shoira Ishoqova" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" allowfullscreen></iframe>O‘zA