Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Shoir tavalludiga bag‘ishlandi
13:37 / 2021-04-24

Toshkent tumanidagi 2-kasb-hunar maktabida O‘zbekiston xalq shoiri, xalqimizning ardoqli farzandi Muhammad Yusuf tavalludining 67 yilligiga bag‘ishlangan tadbir bo‘lib o‘tdi.

Bu kasb-hunar maktabi Prezidentimizning 2019 yil 6 sentyabrdagi "Professional ta’lim tizimini yanada takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida"gi farmoni asosida 2020 yilda tashkil topgan. Hozirgi kunda mazkur maktabda 193 nafar o‘quvchi tahsil olmoqda. Ularga yetuk va malakali o‘qituvchilar, o‘z kasbini yuqori darajada biladigan, ishlab chiqarish ta’limi ustalari saboq bermoqda.  

Maktabda o‘quvchilar 6 ta, jumladan, tikuvchilik, oshpazlik, raqamli axborotlarni qayta ishlash ustasi, avtomobillarni ta’mirlash chilangari, sartaroshlik va elektr hisoblagichlarni ekspluatatsiya qiluvchi elektromontyor yo‘nalishlari bo‘yicha bilim oladi.

“Yoshlarni qo‘llab-quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash yili” davlat dasturi ijrosi doirasida tashkil etilgan tadbirda Respublika ma’naviyat targ‘ibotchilari jamiyati, Yozuvchilar uyushmasi a’zolari, IIB, Yoshlar ishlari agentligi xodimlari, professor-o‘qituvchilar, talaba-yoshlar va ommaviy axborot vositalari xodimlari ishtirok etdi.  

Tadbir avvalida o‘quvchilar o‘rtasida shoir Muhammad Yusuf ijodiga bag‘ishlab chizilgan rasmlar tanlovi o‘tkazildi.

O‘quvchilar tomonidan shoir qalamiga mansub she’rlar aytilib, badiiy chiqishlar, raqs, dutorchilik san’ati hamda sahna ko‘rinishlari ijro etildi.  

Faol o‘quvchilarga faxriy yorliq hamda esdalik sovg‘alar berildi.

Gulnoza Boboyeva,  

O‘zA