Milliy matbuot markazida taniqli shoir Nasrullo Ergashning “Qanot” adabiy loyihasi doirasida chop etilgan “Erk turkulari” deb nomlangan kitobining taqdimoti bo‘lib o‘tdi.
Zamonaviy milliy she’riyatimizda Nasrullo Ergash o‘zining otashin so‘zi, dadil ovozi, samimiyati, hurlik, ozodlik ruhiga yo‘g‘rilgan she’riyati bilan ajralib turadi.
Adabiy tadbirda ta’kidlanganidek, erk – uyg‘oq ruh ehtiyoji. Faqat bedor va tirik qalbgina erkka ehtiyoj sezadi.
Shoir Nasrullo Ergashning yuragida yetilib kelgan ana shu kayfiyat ustuvorligi e’tiborga molik. Bu ruhiyat “Erk turkulari” nomi bilan yangi kitob tarzida yangi O‘zbekiston tufayli yuzaga chiqdi.
Ushbu kitobning nashr etilishida taniqli jurnalist va ma’rifatparvar hamyurtimiz Laziz Rahmatov hamda tinib-tinchimas noshir Ahmad To‘raning xizmatlari beqiyos.
[gallery-26473]
Mazkur kitob “Qanot” adabiy loyihasi doirasida “Ijod-nashr” nashriyotida chop etildi.
Tadqimot tadbirida Nasrullo Ergash ijodi va uning yangi kitobi xususida batafsil so‘z yuritildi.
N.Usmonova,
Alimurod Mamadaminov (surat), O‘zA