Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Shoir bilan uchrashuv
18:11 / 2023-07-13

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Toshkent viloyati bo‘limi tashabbusi bilan shoir, jurnalist va adib Ne’mat Dushayev bilan ijodiy uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Ne’mat Dushayev 1962 yilda Angren shahrida tug‘ilgan. U ish faoliyatini “Angren haqiqati”, “Ohangaron” gazetalarida boshlagan. 1994-2005 yillarda O‘zbekiston Milliy axborot agentligida Toshkent viloyati muxbiri vazifasida ishlagan.  

Toshkent viloyati ijtimoiy madaniy hayotidagi voqea va hodisalar, yangiliklar va uchrashuvlar aks etgan dolzarb mavzulardagi maqolalari bilan o‘quvchilar nazariga tushdi. U ijodkor sifatida ham elga tanilgan. Ayniqsa, nasr va nazm yo‘nalishidagi asarlari uning bolalar shoiri sifatida tanilishiga asos bo‘ldi. Ijodkorning “Kim zo‘r?”, “Ari chaqdi Nabini”, “Ikki dumli fil”, “Umr daraxti” kabi o‘nlab kitoblari o‘quvchilar tomonida sevib o‘qiladi. Ayni paytda u “O‘zbekko‘mir” AJ Axborot xizmati rahbari lavozimida faoliyatini davom ettirmoqda. 

Uchrashuvda O‘zbekiston xalq shoiri, Senator Mahmud Toir, ko‘p yillar birga mehnat qilgan jurnalist Sayyora Rixsiyeva, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi Nigora Shofayziyeva, O‘zbekiston Jurnalistlar uyushmasi a’zosi Otabek Isroilov ijodkorning insoniy fazilatlari, kasbiy mahorati haqida samimiy fikrlarini bildirdi.  

Tadbirda adibning qalamiga mansub bolalarga atalgan she’rlari o‘qildi. Uchrashuvda O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Toshkent viloyati bo‘limi rahbari, “Adabiyot ziyosi” gazetasi Bosh muharriri Mahmud Toir Ne’mat Dushayevga yangi chop etilgan asarlar to‘plamini sovg‘a qildi. 

 A.Musayev, O‘zA.