French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Shohsupaning eng yuqori pog‘onasidan joy oldi
15:52 / 2026-03-10

Turkiyaning Antaliya shahrida dzyudo bo‘yicha o‘smirlar o‘rtasida nufuzli “Millennium Team Cadet European Cup 2026” turniri bo‘lib o‘tdi. Mazkur musobaqada dunyoning 22 mamlakatidan 500 nafardan ortiq yosh sportchi 16 ta vazn toifasida tatamiga chiqib, g‘oliblik uchun kurash olib bordi.

Quvonarlisi, ushbu xalqaro bellashuvlarda O‘zbekiston terma jamoasi a’zolari ham munosib ishtirok etib, 3 ta oltin, 3 ta kumush va 7 ta bronza medalini qo‘lga kiritdi. Natijada jamoamiz umumiy hisobda ikkinchi o‘rinni egalladi.

Musobaqaning e’tiborli jihatlaridan biri – qizlar o‘rtasidagi 40 kilogramm vazn toifasida bo‘lib o‘tgan bahslarda Jizzax viloyati vakilasi Iroda Sirojiddinova barcha raqibalarini mag‘lub etib, musobaqa g‘olibasiga aylandi va shohsupaning eng yuqori pog‘onasidan joy olib, oltin medalni qo‘lga kiritdi.

A. Qayumov, O‘zA muxbiri