Shohsanam – Osiyo birinchiligi sovrindori!
Yaponiyaning Chiba shahrida para triatlon bo‘yicha bo‘lib o‘tgan “Asia Triathlon Para Championship and Para Cup Chiba City” musobaqasida O‘zbekiston terma jamoasi a’zolari munosib qatnashdilar.
Yuksak mahorat va g‘ayrat-shijoatni namoyon etgan triatlonchilarimiz yakunda ikkita bronza medalini qo‘lga kiritdi. Xususan, yakkalik dasturida bellashgan Namangan Olimpiya va Paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazi sportchisi Shohsanam Sobirjonova 1:28.29 natija bilan uchinchi o‘rinni egallab, bronza medali sohibiga aylandi.
Oqilxon Dadaboyev, O‘zA.