Spanish
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Shohrux Mamedov va Uchqun Quronboyev ishtirokini g‘alaba bilan boshladi
13:55 / 2024-09-06

Fransiyada o‘tayotgan Paralimpiya o‘yinlarining para dzyudo bo‘yicha erkaklar o‘rtasida J1 klassida -73 kg vazn toifasida yurtimiz sharafini himoya qilayotgan Shohrux Mamedov dastlabki bosqichda qirg‘izistonlik Mamatibraim Suranovga qarshi kurashdi va 10:1 hisobida g‘alaba qozondi.

Shuningdek, erkaklar o‘rtasida J2 klassida -73 kg vazn toifasida bahslarga kirishgan hamyurtimiz Uchqun Quronboyev esa Germaniya vakili Nikolay Kornxassni 10:0 hisobida yengdi va navbatdagi bosqichga yo‘l oldi.   

Endi Shohrux Mamedov chorak finalda ruminiyalik Florian Bologaga qarshi, Uchqun Quronboyev esa fransiyalik Natan Petitga qarshi bahs olib boradi.  

 Javohir Toshxo‘jayev,

O‘zA