Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Shohrux Davlatov Olimpiya o‘yinlari yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi
23:00 / 2023-12-03

Yengil atletika bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi a’zosi, yarim marafon bo‘yicha nufuzli musobaqalarda muvaffaqiyatli ishtiroki bilan yurtimizni yuksak sharaflayotgan Shohrux Davlatov marafon dasturida “Parij-2024" Olimpiadasi normativini bajarishga muvaffaq bo‘ldi.

Atletimiz Ispaniyada o‘tgan nufuzli “Valencia Marathon Trinidad Alfonso” musobaqasida 2:07:02 natija qayd etdi va “Parij-2024" Olimpiadasi yo‘llanmasiga ega chiqdi. Shuningdek, Shohrux ushbu ko‘rsatkich bilan 38 yil avval o‘rnatilgan milliy rekordni (2:13:28) ham yangilashga muvaffaq bo‘ldi.

Ma’lumot uchun, hozirda O‘zbekiston delegatsiyasi hisobida “Parij-2024" Olimpiadasi yo‘llanmasining 15 tasi mavjud.

Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA