Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Shohjahonning navbatdagi raqibi – yengilmas bokschi
20:37 / 2018-12-21

Hamyurtimiz Shohjahon Ergashevning professional boksda muvaffaqiyatli odimlayotganidan xabaringiz bor.


Hamyurtimiz Shohjahon Ergashevning professional boksda muvaffaqiyatli odimlayotganidan xabaringiz bor.


U oʻzining navbatdagi jangini 2019 yil 23 fevralda Nyu-York shahrida oʻtkazadi. Bu haqda Oʻzbekiston Milliy olimpiya qoʻmitasi maʼlum qildi.

Ushbu jangda oʻzbekistonlik charm qoʻlqop ustasiga amerikalik yengilmas bokschi Maykl Foks raqib boʻladi.

Maʼlumot uchun, Shohjahon shu kungacha professional boksda 16ta jang oʻtkazgan va ularning barchasida gʻalaba qozongan (15tasi nokaut bilan). Foks esa Ergashevdan biroz koʻproq, yaʼni 19ta jangda ishtirok etib, ularning barchasida raqiblaridan ustun kelgan. Amerikalik bokchi ushbu janglarning 5tasini muddatidan oldin gʻalaba bilan yakunlagan.