Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Shohimardonda san’at oqshomlari
13:50 / 2025-06-10

Yoz chillasi hali kelmagan bo‘lsada, havo harorati ko‘tarilib ketdi va hamma dam olish kunlari soya-salqin joy izladi. Shohimardon esa to‘rt faslda birdek go‘zal oromgoh. Uning archazor tog‘lari, toshqin daryolari, betakror chiroyga ega ko‘llari hamisha sayyohlarni o‘ziga maftun etgan. Bugun ham Shohimardon go‘yo xalq sayli kabi gavjum.

“Ruxsor” televideniyesi jamoasi tashabbusi bilan vodiy san’atkorlari Shohimardonga kelib aholi uchun yangi qurilgan amfiteatrda konsert tashkil etishdi. Unda O‘zbekiston xalq xofizi Ilhom Ibrohimov, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artistlar Qilichbek Tojiyev, Yahyobek Mo‘minov va boshqalar xalq talabi ila sahnaga chiqdilar. So‘z ustalari – qiziqchi-yu askiyachilar ham davrani qizitdi. Dam oluvchilar esa yaratilgan qulay sharoit uchun davlat rahbariga minnatdorchilik bildirdilar.

Shohimardondagi san’at oqshomlari hali uzoq kunlar davom etadi.

Muhammadjon Obidov, Elyor Olimov(video, surat),

O‘zA