Shohimardonda birinchi qor (+video)
Mana, ikki kundirki, mamlakatimizni sovuq havo oqimi qamrab oldi. Harorat keskin pasaydi. Masalan, Farg‘ona viloyatida +3 darajagacha tushgani kuzatildi.
Biz Shohimardon qishlog‘ida qor yoqqani haqida xabar oldik va tog‘li qishloq mahalla fuqarolari yig‘ini raisi Ikromjon Abduxoliqov bilan telefon orqali bog‘landik.

– Kecha kech soat 8-9 larda yomg‘ir yog‘a boshladi, – deydi Ikromjon Abduxoliqov. – Erta tongda esa u qorga aylandi. Daraxtlar, yer yuzasini yupqa qor egalladi. Ammo hozirga kelib u erib ketdi. Qor tog‘larda qoldi, xolos.
Yomg‘ir qishloqqa hech qanday talofat keltirmadi, sel belgilari yo‘q. Odamlar odatiy hayot tarzini kechirishmoqda.
<iframe width="640" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/5hGYebEo6Tg" title="Shohimardonda birinchi qor" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>Muhammadjon Obidov, O‘zA