Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Shogirdlar ko‘ngliga yo‘l topib...
18:38 / 2014-09-24

Farg‘ona viloyati Beshariq tumanidagi 3-ixtisoslashtirilgan davlat umumta’lim maktabi o‘qituvchisi Baxtiyor To‘xtaboyev ko‘p yillardan buyon ingliz tili fanidan saboq berib kelmoqda.


Farg‘ona viloyati Beshariq tumanidagi 3-ixtisoslashtirilgan davlat umumta’lim maktabi o‘qituvchisi Baxtiyor To‘xtaboyev ko‘p yillardan buyon ingliz tili fanidan saboq berib kelmoqda.

Uning ta’lim jarayonida yangi pedagogik uslub va texnologiyalarni keng qo‘llayotgani, har bir darsga alohida tayyorgarlik bilan yondashuvi, interfaol usullardan foydalanishi dars samaradorligini ta’minlamoqda. O‘quvchilar mashg‘ulotlar davomida o‘tkaziladigan erkin so‘zlashuv, qiziqarli o‘yinlar, ochiq darslar vositasida chuqur bilim olish bilan birga, erkin fikrlash, yangi g‘oyalarni hayotga tatbiq etishni o‘rganayotir. B.To‘xtaboyevning o‘quvchilari «Bilimlar bellashuvi»ning tuman, viloyat bosqichlarida muvaffaqiyatli ishtirok etib kelmoqda.