Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Shofirkonliklar “Zukko kitobxon” tanlovining g‘olibi
11:48 / 2024-05-07

Yoshlarning dunyoqarashi va fikrlash doirasini kengaytirish, ularning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, intellektual salohiyati va iqtidorini namoyish etishi uchun imkoniyat yaratish hamda kitob o‘qishga bo‘lgan qiziqishini yanada oshirish maqsadida Yoshlar ishlari agentligi tomonidan qator loyiha va tanlovlar o‘tkazib kelinmoqda. Kitobxonlarning sevimli tanloviga aylangan “Zukko kitobxon” intellektual tanlovi shulardan biri.

Buxoro shahridagi Yoshlar markazida har oyda bir marotaba o‘tkazilib kelinayotgan “Zukko kitobxon” tanlovining  joriy yil aprel oyi hududiy bosqichi yakunlandi.  

– Tanlovda ishtirok etish uchun @kitobxontestbot telegramm bot orqali saralash bosqichlarida qatnashish kerak bo‘ladi, – deydi Yoshlar ishlari agentligining viloyat boshqarmasi boshlig‘i Shavkat Rahmonov. – Saralash bosqichlarida yuqori natijalarni qayd etgan ishtirokchilar tuman va shaharlar miqyosida jamoa bo‘lgan tarzda (jami 13 ta jamoa) ishtirok etdi.  

[gallery-17304]

Tanlov natijalariga ko‘ra, Kogon tumani jamoasiga uchinchi o‘rin, Buxoro tumani jamoasiga ikkinchi o‘rin nasib etdi. Shofirkon tumani jamoasi esa birinchi o‘rinni egalladi.  

– Loyiha juda ham zo‘r ishlab chiqilgan, – deydi Shofirkon tumani jamoasi a’zosi Sevara Ilhomova. – Kuchli jamoalar juda ham ko‘p. Yoshlarimizning kitob o‘qishga bo‘lgan qiziqishi tobora ortib bormoqda. Chunki, barchaga ayonki, kitob o‘qigan inson albatta barcha maqsadlariga erishadi. Buni bugungi yoshlar tushunib yetgan.    

G‘olib va sovrindor jamoalar, shuningdek, musobaqada faol ishtirok etgan ishtirokchilar taqdirlandi.    

Zarif Komilov, Tohirjon Istatov (surat),  

O‘zA muxbirlari