Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Shofirkonlik yo‘lsozlarga yangi texnikalar berildi
23:45 / 2023-11-26

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 30 dekabrdagi “2023 - 2025 yillarda O‘zbekiston Respublikasining ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi hamda 2023 yil  10 oktyabrdagi  “Yo‘l xo‘jaligi sohasini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorlari ijrosini ta’minlash maqsadida Buxoro viloyati Shofirkon tumanida samarali ishlar amalga oshirilmoqda.

Shofirkon tumani hududining kattaligi jihatidan viloyatda 3- o‘rinda turadi. Hududda 490 km umumiy foydavlanuvdagi avtomobil yo‘llari mavjud. Shundan 123 km  davlat, 367 km  mahalliy ahamiyatdagi avtomobil yo‘llaridir.

Joriy yilda Shofirkon tumani yo‘llardan foydalanish davlat muassasasi tomonidan hududdagi davlat ahamiyatidagi 71 km, mahalliy ahamiyatdagi  244 km yo‘llar  joriy ta’mirlandi.

Tumandagi yo‘lsozlar  ishtirokida tantanali tadbir bo‘lib o‘tdi.

Tadbirga viloyat Avtomobil yo‘llari bosh boshqarmasi, tuman sektorlar rahbarlari, tuman hokimligi mutasaddilari, tuman yo‘llardan foydalanish unitar korxonasi ishchi-xodimlari, tizim faxriylari, hamkor tashkilotlar vakillari taklif etildi.

Viloyat Avtomobil yo‘llari bosh boshqarmasi boshlig‘i Murodillo Berdiyev so‘zga chiqib, so‘nggi yillarda yo‘l infratuzilmasini rivojlantirish maqsadida amalga oshirilayotgan ijobiy o‘zgarishlarga to‘xtaldi. Yo‘lsozlar mehnatining munosib rahbat topayotgani, ularga yaratib berilayotgan mehnat sharoitlari e’tirof etildi.

Tantanada tuman yo‘llardan foydalanish unitar korxonasining mavjud 14 ta texnikasi yana 4 taga ko‘paydi. Tadbir chog‘ida 3 ta “Howo” rusumdagi yangi  yuk tashish mashinasi va 1 ta greyder kaliti tantanali tarzda topshirildi.

–So‘nggi ikki oy mobaynida O‘zbekiston Respublikasi Avtomobil yo‘llari qo‘mitasi  hamda Buxoro viloyat Avtomobil yo‘llari bosh boshqarmasi tomonidan Shofirkon tumani yo‘llardan foydalanish unitar korxonasining moddiy texnik bazasini yaxshilash, korxona ish unumdorligini  oshirish, qurish va rekonstruksiya qilish, ta’mirlash hamda saqlash ishlarini sifatli va o‘z vaqtida bekamu-ko‘st bajarish maqsadida maxsus texnikalar — avtogreyder va 3 dona yuk tashish mashinalari  ajratildi, –deydi Shofirkon tumani yo‘llardan foydalanish unitar korxonasi direktori Muhammad Hamroyev. –Bizni qo‘llab-quvvatlab kelayotgan tashkilotlarga o‘z minnatdorchiligimizni bildiramiz. Bu berilgan texnikalar bizning ishimizni yanada yengillashtiradi va sifatli  yo‘llarni qurishda ko‘maklashadi. Jamoamiz bilan kechayu kunduz mehnat qilib, aholiga  ravon  yo‘llarni  quramiz. 

Zarif Komilov, O‘zA muxbiri