Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Shofirkonlik murabbiy tanlov g‘olibi
10:18 / 2023-08-02

Buxorolik pedagog “Yil to‘garak rahbari – 2023” tanlovining respublika bosqichi g‘olibi bo‘ldi.

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi huzuridagi Respublika “Barkamol avlod” bolalar maktabi tomonidan “Yil to‘garak rahbari – 2023” tanlovining mamlakat bosqichi g‘olibi aniqlandi.

Ko‘rik – tanlovda Buxoro viloyati Shofirkon tumani “Barkamol avlod” bolalar maktabining “Kashtachilik” to‘garagi rahbari Gulmira Qurbonova faxrli 1- o‘rinni qo‘lga kiritdi.

Gulmira Qurbonovaning bejirim va jozibali qo‘l ishlari hamda innovatsion metodlarga asoslangan qiziqarli mashg‘ulotlari hakamlar hay’ati tomonidan alohida e’tirof etildi.

 

Zarif Komilov, O‘zA